Yöllarda yuz berayotgan avtofalokatda odatda haydovçilar ayblanadi, bu safar esa özgaça böldi, deb xabar berdi ÖzA.
Qayd qilinişiça, toğli dovonda, nosoz yöl va qalin tuman orasida, yöl belgilari ham körinmay turgan bir paytda ikki avtomaşina töqnaşgan. Dastlab ayb ikki haydovçiga qöyilgan. Biroq, sud işni sinçkovlik bilan örganib, uzoq davom etgan tortişuvlardan söng, haydovçilarni emas, balki yöl sozligi va xavfsizligini ta’minlaş uçun mas’ul bölgan «ROS MB» korxonasini aybdor, deb topgan.
Sud hodisa oqibatida jabrlanganlarga 500 million söm zarar yetkazilgani va undiriş haqida qaror çiqargan. Korxona qaror ustidan şikoyat qilgan bölsa-da, Oliy sud jabrlanganlar foydasiga zarar undirilişini belgilagan.
Ta’kidlanişiça, MIB Qöqon şahri bölimi korxonadan jabrlanuvçilarga yetkazilgan 500 million sömni töliq undirgan.
Xabarda hodisa qaçon va qayerda sodir bölgani haqida batafsil ma’lumot berilmadi.











