Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining magistratura dasturi joriy etiladi
27 may kuni Vazirlar Mahkamasida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bosh direktori Daren Tang bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Butunjahon intellektual mulk tashkiloti tomonidan mamlakatda intellektual mulk sohasini isloh qilish va takomillashtirish, huquqiy muhofazani kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar qo‘llab-quvvatlab kelinayotgani e’tirof etildi.
Uchrashuv davomida 2026-2030 yillarda O‘zbekistonda intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasi loyihasi bo‘yicha ishlarni birgalikda ro‘yobga chiqarish, mamlakatda intellektual mulk sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar malakasini oshirish, Toshkent davlat yuridik universitetining intellektual mulk yo‘nalishi magistraturasi negizida Butunjahon intellektual mulk tashkilotining qo‘shma magistratura dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Butunjahon intellektual mulk tashkilotining yashil iqtisodiyot, iqlim o‘zgarishi hamda oziq-ovqat xavfsizligi yo‘nalishlaridagi WIPO Green dasturiga O‘zbekiston mutasaddilarini faol jalb qilish, mamlakatda yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan intellektual mulkni himoya qilish qo‘shma dasturini amalga oshirish masalalari yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.
Mavzuga oid
22:53 / 13.04.2026
Rossiya O‘zbekistonga neft va gaz yetkazib berish hajmini oshirishini ma’lum qildi
21:06 / 27.03.2026
O‘zbekiston 2026 yilda sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirishga tayyorlanmoqda
19:01 / 02.03.2026
Fors ko‘rfazi davlatlaridagi o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilinadi
20:55 / 17.02.2026