Jamiyat | 07:29 / 13.06.2024
9851
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida cho‘milishga borib, daryo o‘rtasidagi orolchada qolib ketgan bola qutqarildi 

Yuqori Chirchiq tumani hududidan oqib o‘tuvchi Qorasuv daryosi o‘rtasida qolib ketgan bola qutqarildi. 

Foto: FVV

FVV xabariga ko‘ra, 10 iyun kuni soat 13:50 da Toshkent viloyati FVBga Yuqori Chirchiq tumani hududidan oqib o‘tuvchi Qorasuv daryosi o‘rtasida bir bola qolib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, daryoga cho‘milish maqsadida borgan bola suzib, holdan toygan va daryo markazidagi orolchaga chiqib olgan. Suv oqimining tezligi yuqori bo‘lgani sababli orqaga qaytishning imkoni bo‘lmay qolgan.

Mazkur holat bo‘yicha Toshkent viloyati FVB qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida orolchada qolib ketgan bola maxsus anjomlar yordamida sog‘-salomat qirg‘oqqa olib o‘tilgan.

Mavzuga oid