Jahon | 22:14 / 05.06.2016
12189
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston rahbari mamlakat aholisi uchun imtiyozlarning sekin-asta bekor qilinishini ma'qulladi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov mamlakat aholisi uchun ijtimoiy imtiyozlarning sekin-asta bekor qilinishi kerakligini aytdi, chunki bu imtiyozlar bozor islohotlarini o‘tkazishga xalaqit beradi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.

Turkmaniston prezidenti mamlakatning joriy yilning 5 oyi davomidagi ijtimoiy-iqtisodiy yakunlariga bag‘ishlangan hukumat yig‘ilishidagi nutqida mamlakat mustaqilligining birinchi yillarida qabul qilingan hamda aholi turmushini yengillashtirish va fuqarolarga ko‘plab imtiyozlar bergan qonunlarni sekin-asta o‘zgartirish kerakligini aytdi.

"Bugungi kunda xalqning turmush tarzi juda yuqori va bu imtiyozlar bozor iqtisodiyotiga o‘tishda mushkullik tug‘diradi", deb aytdi Berdimuxamedov.

Turkmaniston prezidenti qanday imtiyozlar va qanday muddat ichida o‘zgarishiga aniqlik kiritmadi.

Turkmanistonda eng mashhur ijtimoiy imtiyozlar aholiga elektr energiya, tabiiy gaz, suv va osh tuzidan bepul foydalanishga limitlar taqdim qilingani hisoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish