Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 10:37 / 05.08.2017
5262
1 daqiqa o‘qiladi
Apple LTE qo‘llab-quvvatloviga ega smart-soatlarni taqdim etadi
Foto: The Verge
Apple kompaniyasi joriy yilda LTE texnologiyasi qo‘llab-quvvatlanuvchi Apple Watch smart-soatlarini taqdim etadi. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga asosan yozmoqda.
Shu tariqa, Apple devaysidagi yangi model internetga ulanishi va smartfonga bog‘lanmagan holda qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishi mumkin.
Bundan tashqari, gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniya har yili smart-soatlarning yangi modelini chiqarishni rejalashtirmoqda.