Ulgurji savdoga nisbatan litsenziya talablari yumshatiladi
Vazirlar Mahkamasining “Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi QHTBT portalida muhokama uchun joylashtirildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Ulgurji savdo korxonalari ustav jamg‘armasi miqdoriga talablarni EKIHning 3 500 baravaridan EKIHning 1 000 baravarigacha, ustav jamg‘armasini pul mablag‘lari bilan shakllantirish qismida esa – EKIHning 1200 baravaridan EKIHning 100 baravarigacha qisqartirish taklif qilinmoqda.
Ustav jamg‘armasining alohida miqdoriga va tarkibiga talablarni qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiladigan korxonalarga tatbiq etmaslik taklif qilinmoqda. Ularga yuridik shaxslar ustav jamg‘armasi miqdoriga umumiy talablar qo‘yiladi. Masalan, “Mas'uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasida ularning ustav jamg‘armalari kamida EKIHning 40 baravarini tashkil etishi belgilangan.
Shuningdek, litsenziya olishda yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi guvohnomani taqdim etish to‘g‘risidagi talab ham bekor qilinadi.
Loyiha o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
20:41 / 24.09.2024
“5 oktyabrdan Umra turfirmalari amaldagi litsenziyasi bilan ishlay olmaydi” – Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
11:58 / 04.09.2024
Akfa universiteti litsenziyaga ega bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishiga talabalarni qabul qilgan
20:46 / 19.07.2024
«O‘zbekkonsert» litsenziyasiz faoliyat yuritgan 65 nafar san’atkorga chora ko‘rdi
11:50 / 13.06.2024