Oliy ta’lim muassasalariga hujjat topşiriş boşlandi. Abituriyentlar yuridik yönalişga davlat oliygohlarining bir neçtasiga hujjat topşirişi mumkin, biroq deyarli birorta nodavlat oliygohda bu yönaliş yöq. Xöş, nodavlat OTM yuridik yönalişda öqitişni xohlamaydimi yoki ularga ruxsat berilmayaptimi?

Nodavlat oliy ta’lim muassasalarining arizasi rad etilyapti

Kun.uz’ga ma’lum bölişiça, Profi va Central Asian universitetlari yuridik yönalişda fakultet oçiş uçun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga litsenziyaga ariza topşirgan. Biroq har safar ma’lum bir kamçiliklar körsatilib, ularning arizasi rad etilyapti. Profi universiteti rektori Bektoş Hotamov ham şunday muammoga duç kelayotganini ma’lum qildi.

“Ular qöyadigan talablarning hammasini pul bilan hal qilsa böladi. Aynan yuridik yönaliş uçun alohida talab mavjud emas, barçasi Vazirlar Mahkamasining 80-sonli qarorida körsatilgan”, – dedi Hotamov. 

Rektor tibbiyot yönalişida nodavlat oliygohlarga litsenziya berilayotgan bir paytda, huquqşunoslik yönalişida litsenziya berilmayotgani ma’nosiz ekanini ham qöşimça qildi.

“Tibbiyot yönalişlari uçun laboratoriya jihozlari va yana bir qança murakkab talablar qöyiladi. Lekin yuridik yönaliş bu gumanitar fan. Unga köp narsa kerak emas, bitta sud zalini quriş muammo emas”, – dedi u.

Qonunçilik qanday?

Nodavlat OTMni litsenziyalaş 2023 yil yanvarigaça Ta’lim sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan amalga oşirilar edi. Lekin 2022 yil dekabr oyidagi ma’muriy özgarişlar sabab bu inspeksiya tugatilib, uning vazifalari ikkita vazirlikka ötkazildi. Oliy öquv yurtlariga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi litsenziya beradigan böldi. Şundan beri nodavlat OTMlar bilan vazirlik şuğullanib kelyapti.

Lisenziyalaş hukumat qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalaş tartibi töğrisida”gi yagona nizom asosida amalga oşiriladi.

Yuridik yönaliş qaysi OTMlarda bor?