Raqobat qömitasi tomonidan Akfa universitetiga qonunbuziliş holatini bartaraf etiş böyiça körsatma berildi. Bu haqda qömita axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Raqobat qömitasiga Akfa universitetining “Commercial Law” (Tijorat huquqi) yönalişida bir yil ta’lim berilgani va keyingi yildan uşbu yönalişda öqiş töxtatib qöyilgani, tölangan pullar qaytarib berilmayotgani töğrisida 10 ga yaqin murojaat kelib tuşgan.
Ötkazilgan tahlillarga köra, 2022 yil 10 yanvarda turli OAVda Akfa universitetiga 2022/2023 öquv yili uçun qabul boşlanganligi töğrisida reklama axborotlari joylaştirilgan hamda reklamalarda abituriyentlardan hujjatlarni qabul qiliş, xususan, “Tijorat huquqi” ta’lim yönalişi uçun ham davom etayotganligi bayon qilingan.
Universitetga nodavlat oliy ta’lim xizmatlarini körsatiş uçun berilgan litsenziyada ruxsat etilgan ta’lim yönalişlarida “Tijorat huquqi” mavjud emasligiga qaramasdan, mazkur yönalişda öqitiş uçun 2022/2023 öquv yilida talabalar qabul qilingan va 4 yillik (8 ta semestr) öqiş uçun ommaviy oferta şartnomasi tuzilgan. Talabalar 12,5 mln sömdan 25 mln sömgaça kontrakt tölovini tölagan (Qömitaga kelib tuşgan 7 ta murojaatlar böyiça qayta hisob-kitob qilinmagan jami mablağ miqdori 167 mln 500 ming söm).
Öqiş ma’lum bir muddat davom etgan. 2023 yil avgust oyida talabalarga “Tijorat huquqi” yönalişida öqitiş uçun litsenziya berilmaganligi sababli keyingi 2023/2024 öquv yilini vaqtinçalik gibrid şaklida davom ettiriş yoki Xalqaro biznes ta’lim yönalişida öqiş taklif qilingan. Aksariyat talabalar bu taklifni rad etgan va ayrimlari boşqa ta’lim yönalişida öqişga rozi bölgan.
Biroq universitet tomonidan bugungi kunga qadar körsatilmagan xizmat uçun olingan kontrakt pullari fuqarolarga qaytarib berilmagan.
Mazkur holatlar böyiça “Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonunining 4-moddasi (xizmatning xavfsiz bölişi, ijroçining ğayriqonuniy harakati tufayli yetkazilgan moddiy ziyoni töliq hajmda qoplanişi), 7-moddasi (notöğri reklama oqibatida iste’molçiga yetkazilgan zararni qoplab berilmaslik), 12-moddasi (xizmatning amaldagi boşqa normalar hamda qoidalarga rioya etgan holda bajarilgan bölişi), 19-moddasi (şartnoma şartlarini bajarmaslik), 21-moddasi (şartnomaga iste’molçi huquqlarini çeklab qöyadigan şartlarni kiritiş, körsatilmagan xizmatlar uçun haq oliş) talablari buzilganligi yuzasidan “Central Asian University” MÇJga nisbatan iş qözğatilib, maxsus komissiya tomonidan arizaçilar iştirokida körib çiqildi.








