O‘zbekiston | 08:06 / 04.07.2024
17382
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyat prokurori “Hududgazta’minot”ga rahbar bo‘ldi

2019 yildan bugungi kunga qadar “Hududgazta’minot” AJ boshqaruv raisi bo‘lib ishlab kelgan texnika fanlari doktori Bahodir Eshmurodov lavozimidan ozod qilingan. Uning o‘rniga Andijon viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Marufxon Xo‘jayev jamiyat boshqaruv raisi etib tayinlandi.

Marufxon Xo‘jayev

“Hududgazta’minot” AJ rahbari o‘zgardi. Xo‘jayev Marufxon Maqsudovich jamiyatning boshqaruv raisi etib tayinlandi.

Marufxon Xo‘jayev 2023 yilning avgust oyidan buyon Andijon viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi. Bungacha O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

“Hududgazta’minot” AJda boshqaruv raisi sifatida bugungacha Bahodir Eshmurodov ishlagan. U 2019 yildan beri ushbu lavozimda edi. 2002 yildan beri gaz sohasida mehnat qilib kelayotgan Eshmurodov texnika fanlari doktori hisoblanadi.

Bahodir Eshmurodov

Mavzuga oid