16–18 fevral kunlari mamlakat böylab havo harorati keskin pasayişi va joylarda harorat kunduzi –3...–8 daraja, keçasi –11...–16 darajagaça sovuq bölişi kutilmoqda.
Şu munosabat bilan «Hududgazta’minot» AJ birinçi navbatda aholi va ijtimoiy soha obektlarini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlaş çoralari körilişini ma’lum qildi. «Hududgazta’minot» AJ iste’molçilarga tabiiy gazni bir maromda yetkazib beriş maqsadida respublika böyiça 262 ta avariya brigadalarini şay holatga keltirgan.
«Hududgazta’minot» AJ havo harorati pasaygan davrda iste’molçilarga tabiiy gazdan foydalanişda ehtiyot çoralarini köriş, isitiş moslamalari va ovqat tayyorlaş jarayonida gaz plitalarini qarovsiz qoldirmaslik, ventilyatsiya tizimiga alohida e’tibor beriş zarurligi, şuningdek, is gazidan zaharlaniş xavfini oldini oliş uçun nostandart isitiş uskunalari va qölbola yondirgiçlardan foydalanmaslikni eslatib ötgan.
Şu bilan birga, «Hududgazta’minot» AJ fuqarolardan tabiiy gazdan oqilona foydalanişni, uydan çiqib ketayotganda imkon qadar isitiş jihozlarini öçirişni, gaz jihozlari işlab turgan xonalarda dam olişga yöl qöymaslikni va çiroqni yoqişdan oldin gaz hidi yöqligiga işonç hosil qilib, u aniqlangan holda gaz xizmatiga murojaat qilişni söragan.
«Fursatdan foydalanib, «Hududgazta’minot» AJ iste’molçilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlaş uçun tölovni öz vaqtida amalga oşiriş zarurligini eslatib ötadi. Tölovlarni tuman gaz ta’minoti bölimlari va joylarda taşkil etilgan bank filiallarida, şuningdek, barça tölov tizimlarining mobil ilovalari orqali 24/7 rejimida amalga oşiriş mumkin.
Sovuq kunlarda gaz iste’molining ortişi munosabati bilan, AGTKŞlarda navbatlar va noqulayliklar yuzaga kelişini oldini oliş maqsadida «Hududgazta’minot» AJ haydovçilardan öz avtomobillarini yonilği bilan ta’minlab olişlarini söraydi. Ayni vaqtda mamlakatdagi barça AGTKŞlar 24 soatlik rejimda faoliyat yuritmoqda, biroq yaqin orada mahalliy hokimliklar bilan kelişilgan holda ularning iş grafigiga özgartirişlar kiritilişi mumkin», deyilgan xabarda.
Barça takliflar, şikoyatlar va murojaatlarni 1104 telefon raqamiga, gaz sizib çiqişi holatlari va boşqa texnik muammolarni bartaraf etiş böyiça ma’lumotlarni 104 raqamiga qoldiriş mumkin.













