Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Hududgazta’minot” raisiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Mahmudjon Yoqubov “Hududgazta’minot” boshqaruvi raisining gaz sotish va innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Foto: Hududgazta’minot
Tayinlovga qadar u “O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Yoqubovga qadar “Hududgazta’minot” boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida 2019 yildan buyon Abdusamat Saidvaliyev ishlagan.
“Hududgazta’minot” jamoasi ko‘p yillik xizmati, soha rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Abdusamat Saidvaliyevga minnatdorchilik bildirib, uni nafaqaga kuzatdi.
2024 yilning iyulida “Hududgazta’minot” boshqaruv raisi etib Ma’rufxon Xo‘jayev tayinlangandi.
Mavzuga oid
19:51 / 04.12.2025
Energetika vazirligi yaratgani iddao qilingan mobil ilova xususiy tadbirkorga tegishli bo‘lib chiqdi
19:17 / 12.10.2025
Metan “zapravka”larga limit qo‘yilgani haqidagi xabarlar asossiz - “Hududgazta’minot”
14:38 / 05.08.2025
Suyultirilgan gaz mahsuloti noqonuniy saqlanayotgan "bunker" aniqlandi
10:44 / 18.06.2025