Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatining eng ko‘pi uch viloyat hissasiga to‘g‘ri keldi
O‘zbekistonda may oyida 67,8 mlrd so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.
O‘zbekistonda may oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida davlat manfaatlariga 67 milliard 825 million so‘mlik zarar yetkazildi.
“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, may oyida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 971 ta holatda iste’molchilarning tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Bunda, 39 milliard 332 million so‘mlik elektr energiyasi (46 million 264 ming kilovatt-soat) va 28 milliard 492 million so‘mlik tabiiy gaz (18 million 124 ming metr kub) talon-toroj qilinishi natijasida davlat manfaatlariga jami 67 milliard 825 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi Navoiy, Surxondaryo va Andijon viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.
Mavzuga oid
08:30 / 23.09.2024
O‘zbekiston qayta tiklanadigan energiyani Kaspiy orqali Yevropaga yetkazib berish loyihasida ishtirok etmoqchi
13:38 / 06.09.2024
Hududlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
14:07 / 04.09.2024
Germaniyada «yashil» energiya ulushi 60 foizdan oshdi
12:24 / 29.08.2024