Germaniyada 2024 yilning birinçi yarmida qayta tiklanadigan manbalardan olinadigan energiya hajmi 135,2 milliard kVt/soatni taşkil etdi, bu 2023 yil birinçi yarmiga nisbatan 9,1 foizga köpdir. Şunday qilib, 2024 yilning birinçi yarmida Germaniyada işlab çiqarilgan energiya umumiy hajmidagi «yaşil» energiya uluşi 61,5 foizni taşkil etdi - bu statistik ma’lumotlarning butun davri davomida, ya’ni 2018 yildan beri uşbu sohadagi maksimal körsatkiç. Bu haqda 4 sentabr, çorşanba kuni mamlakat Federal statistika idorasi xabar berdi.

Taqqoslaş uçun: 2023 yilning birinçi yarmida Germaniya energetika sohasida «yaşil» energiya uluşi 53,3 foizni taşkil etdi.

Ta’kidlanişiça, asosiy ösiş şamol energiyasidan kelib çiqqan. 2024 yilning birinçi yarmida uşbu manbadan işlab çiqarilgan energiya hajmi ötgan yil şu davriga nisbatan 11,9 foizga – 65,5 milliarddan 73,4 milliard kVt/soatgaça oşdi. «Bu ösiş 2024 yilning ayniqsa şamolli birinçi yarmi natijasidir», deb tuşuntiradi Visbadendagi Germaniya statistika idorasi.

Germaniyada eng muhim muqobil energiya manbalari

Germaniyada milliy energiya işlab çiqariş nuqtayi nazaridan şamol energiyasi eng muhim manba ekanligi isbotlangan. Uning Germaniya energiya işlab çiqarişdagi uluşi 33,3 foizni taşkil etdi.

Şu bilan birga, quyoş panellari yordamida işlab çiqarilgan energiya uluşi ösdi: 13,9 foizgaça. Mutlaq qiymatda uşbu manbadan işlab çiqarilgan energiya hajmi 2024 yilning birinçi yarmida bir yil avvalgiga nisbatan 28,2 milliarddan 30,5 milliard kVt/soatga oşdi. Mutaxassislar buni quyoş energiyasi işlab çiqaradigan yangi quvvatlar qurilişi bilan boğlaşmoqda.

Germaniya energetika sohasida kömir uluşi 

Şu bilan birga, kömir Germaniyaning ikkinçi muhim energiya manbai bölib qolmoqda. 2024 yil birinçi yarmida mamlakatda işlab çiqarilgan barça energiyaning 20,9 foizi uning hissasiga töğri keldi. Germaniyada bunday energiya hajmi 2023 yilning birinçi yarmidan boşlab 62,5 milliarddan 45,9 milliard kVt/soatgaça kamaydi. «Bu 2018 yilda statistika yuritiş boşlanganidan beri yilning birinçi yarmida qayd etilgan kömirdan işlab çiqarilgan energiya eng kiçik miqdori», deb ta’kidlaydi Federal statistika idorasi. 

Germaniyaga elektr energiyasi importini oşiriş