Boş prokuratura huzuridagi departamentning Kattaqörğon va Past Darğom tumanlari bölimlari tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvlarda uşbu hududlardagi “F.Z.” fermer xöjaligi rahbari G.X. hamda YaTT E.N. elektr suv nasoslarini tijorat maqsadida tarmoqqa özboşimçalik bilan ulab, jami 217,4 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Şu kabi departamentning Andijon şahri va Baliqçi tumanlari bölimlari tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvlarda fuqaro X.K. va “S.V.” MÇJ mas’ul şaxslari tijorat maqsadida özlariga tegişli savdo dökonlarini umumiy foydalanişdagi elektr tarmoğiga töğridan töğri ulab, jami 214,5 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Departamentning Jizzax şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda fuqaro B.B. yaşaş xonadonida tijorat maqsadida umumiy foydalanişdagi gaz tarmoğiga ulanib, işlab çiqariş faoliyati bilan şuğullanib kelib, jami 151,8 mln sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.