BMT Turizm ijroiya kengashi O‘zbekiston tashabbusini bir ovozdan ma’qulladi
Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish tashabbusi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan edi.
O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi Farrux Tursunov boshchiligidagi delegatsiya BMT Turizm ijroiya kengashining 121-sessiyasidagi ishtirokida doirasida Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqish bo‘yicha hukumatlararo komissiya tuzish tashabbusi bir ovozdan ma’qullandi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish tashabbusi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2023 yil oktyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh assambleyasining turizm bo‘yicha 25-sessiyasida bildirilgan edi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida kuzatilayotgan ziddiyatlar va beqaror vaziyat turizm rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu munosabat bilan sayyohlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yagona yondashuvni ishlab chiqish zarurati tug‘ilmoqda va taklif etilayotgan kodeksning ishlab chiqilishi yanada xavfsiz, barqaror va adolatli turizm ekotizimini yaratish yo‘lidagi oldinga tashlangan qadamdir.
Ishlab chiqilgan kodeks turizmni barqaror rivojlantirish vositalaridan biriga aylanishi va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda madaniy merosni asrab-avaylash bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga olishi kutilmoqda.
BMT turizm bosh kotibi Zurab Pololikashvili sessiyadagi nutqida, O‘zbekiston hukumatiga respublikaning tashkilot faoliyatiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston mazkur tuzilmaning eng faol ishtirokchisi ekanligini va nafaqat jahon turizm industriyasini rivojlantirishga, balki BMT imijini oshirishga ham hissa qo‘shayotganini alohida ta’kidladi.
Mavzuga oid
00:36 / 19.11.2024
Rossiya BMTning Sudanda o‘t ochishni to‘xtatish rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi
16:16 / 16.11.2024
Ekspertlar: BMTning iqlim bo‘yicha konferensiyalari «maqsadlarga mos kelmaydi»
17:11 / 15.11.2024
Ilon Mask Eronning BMTdagi elchisi bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi
23:32 / 13.11.2024