Jahon | 23:02 / 23.01.2017
4206
2 daqiqa o‘qiladi

Oq uy saytining ispan tilidagi versiyasi yopilishi Ispaniyada tanqidga uchradi

Foto: AP Photo/ Pablo Martinez Monsivai

Oq uy o‘z saytining ispan tilidagi versiyasini yopish qarori Ispaniyada tanqidga uchradi.

Ispan tili qirollik akademiyasi bu qadamni "salbiy" deb atadi. "Bu bizni 1990-yillar oxiridagi bahslarga qaytaruvchi sezilarli qaytishdir", deb aytdi akademiya direktori Dario Vilyanueva Cadena SER radiostansiyasi efirida.

Uning fikricha, bu ispanzabon amerikalik fuqarolarning hukumat qarorlariga kirishini cheklaydi. "Shubhasiz, bu muhim va salbiy holatdir. Biroq ispan tilining AQShda mavjudligi bu bilan to‘xtab qolmaydi, kamchilik 50 mln kishini tashkil qiladi", deb aytdi akademiya rahbari.

Vilyanuevaning aytishicha, o‘tgan yili akademiyaning saytidagi 32 mln onlayn-murojaat AQSh hududidan amalga oshirilgan. Bundan tashqari, Vilyanueva AQSh konstitutsiyasiga ko‘ra, AQShda biror til rasmiy til sifatida belgilanmaydi.

Ispaniya adliya vaziri dunyoning ispanzabon aholisi o‘z ona tilisini oxirgi vaqtlarda iber-amerika jamiyati duch kelayotgan muammolar oldida himoyalashi kerakligini aytdi.

Uning aytishicha, ayni vaqtda butun dunyoda ispan tilida so‘zlashuvchi 560 mln kishi yashaydi, 2020 yilga kelib ularning soni 750 mln gacha yetadi.

Mavzuga oid