Yaponiyada yarim asr davomida o‘lim jazosini kutgan shaxsga nisbatan hukm qayta ko‘rib chiqiladi
Yaponiya Oliy sudi 1968 yilda to‘rt kishilik oila qotilligida ayblanib, o‘limga hukm qilingan 87 yoshli Ivao Hakamada ustidan yangi sud jarayonini o‘tkazishni buyurdi.
Hakamada 55 yildan beri jazoning ijro etilishini kutmoqda. Amnesty International huquqni himoya qilish tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, u dunyoda eng uzoq vaqt davomida o‘lim jazosi ijrosini kutayotgan mahkum hisoblanadi.
Hakamada o‘z xo‘jayini, xotini va ikki farzandini o‘ldirganlik va mulkini talon-toroj qilganlikda ayblanib, hibsga olingan. Ular 1966 yilda Tokio yaqinidagi fabrikada sodir bo‘lgan yong‘indan keyin pichoqlangan holda topilgan.
20 kunlik so‘roqdan so‘ng, professional boks bilan shug‘ullangan Hakamada qotillikni tan olgan.
Biroq sud jarayonida Hakamada tergovchilar uni kaltaklagani va qiynoqlar ostida aybiga iqror bo‘lganini aytadi. Gumonlanuvchining advokatlari, shuningdek, tergovchilar dalillarni uyushtirganligini da’vo qilmoqda.
Takroran o‘tkaziladigan sudda Hakamada DNKsi marhumlarning kiyimidagi qon dog‘lari bilan mos kelishi masalasi ham ko‘rib chiqiladi.
2014 yilda Yaponiya hududiy sudi Hakamadani hibsdan ozod qildi va ishni qayta ko‘rib chiqishni buyurdi: sudyalar uning aybiga oid dalillar uydirma bo‘lishi mumkin, degan qarorga kelgan edi.
«Men bu kunni 57 yildan beri kutgan edim, endi yetishdim», dedi Hakamadaning 90 yoshli opasi Hideko. U ko‘p yillar davomida akasining hukmini qayta ko‘rib chiqilishiga uringan. «Nihoyat, bu yuk yelkamdan olib tashlandi».
O‘lim jazosini qo‘llashga qarshi pozitsiyani egallagan Amnesty International tashkiloti Hakamada ishi bo‘yicha yangi sud jarayoni o‘tkazish qarorini «adolatni tiklash uchun juda kechikkan imkoniyat» deb atadi.
"Hakamadaning hukmi tovlamachilik" iqroriga asoslangan va unga qarshi ishlatilgan boshqa dalillarga nisbatan jiddiy shubhalar mavjud", dedi Xalqaro Amnistiya tashkiloti Yaponiya rahbari Xideaki Nakagava bayonotida.
Biroq amaldagi qoidalarga ko‘ra, Xakamada ishi ko‘rib chiqilishi uchun bir necha yil kerak bo‘lishi mumkin va yapon huquqshunoslari allaqachon sud tizimini bu tartibni qisqartirishga chaqirishgan.
“Biz hozir 87 yoshda bo‘lgan va 47 yillik qamoqdan so‘ng jismoniy va ruhiy kasallikdan aziyat chekayotgan Xakamadaning huquqlarini tiklashda keyingi kechikishlarga dosh berolmaymiz”, dedi Yaponiya advokatlar assotsiatsiyasi rahbari Motoji Kobayashi.
Dunyoning rivojlangan demokratik davlatlari orasida o‘lim jazosi faqat Yaponiya va AQShda bekor qilinmagan. Huquq himoyachilari bir necha bor Yaponiya sud tizimini tanqid qilishgan, bunda iqrorlik aybni aniqlashda katta rol o‘ynaydi.
Mavzuga oid
21:18 / 13.11.2024
Yaponiyada seysmik yoriqlar tufayli yadroviy reaktorni qayta ishga tushirishga ruxsat berilmadi
19:55 / 11.11.2024
Yaponiyada Ishiba hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi
17:59 / 11.11.2024
Yaponiyaning asosiy meteorologik sun’iy yo‘ldoshi ishdan chiqdi
23:27 / 10.11.2024