Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada musulmonlar sinagogani sotib olishdi
Fransiyaning Marsel shahrida yashovchi musulmonlar shahar markazidagi yahudiylar ibodatxonasi – sinagogani sotib olishdi. Bitim qiymati 400 ming yevroni tashkil qildi. Sinagoga masjidga aylantiriladi. Bu haqda xorijiy OAVga iqtibos keltirgan holda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda.
Musulmonlarni sinagogani sotib olishga shu ko‘chada joylashgan masjidning kichiklik qilayotgani, ayniqsa juma namozlari vaqtida, majbur qilgan.
Shaharning yahudiylar jamoati a'zolari bir necha yil avval shahar markazini tark etib, uning chekkasiga ko‘chib o‘tishgan. Buning oqibatida sinagoga bo‘shab yotgan.
Marsel yahudiylar jamoati 70 ming kishidan iborat bo‘lib, nafaqat Fransiyada, balki butun Yevropada ham eng ko‘p sonli yahudiy jamoatlaridan hisoblanadi.
Bu orada shahar musulmonlari shaharda jome' masjidi qurilishiga erishishmoqchi. Masjid qurilishi loyihasi 23 mln yevroga baholanmoqda. Agar masjid quriladigan bo‘lsa, Fransiyadagi eng katta masjidga aylanadi.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Fransiyada 2,5 mingta masjid bor, yana 300 ta yangi masjid qurilmoqda.