Jahon | 11:52 / 06.04.2018
44492
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada Tojikiston va Shimoliy Koreya fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi 

Krasnodarda Tojikiston va Shimoliy Koreya fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi, bu hodisa videoga olindi, deb xabar qilmoqda Migrant.news.tj.

Ommaviy mushtlashuv 29 mart kuni «Turgenev» turar-joy majmuasi qurilishida yuz bergan. Unda hammasi bo‘lib taxminan 20 kishi ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda «Vesti».

Mojaroga nima sabab bo‘lgani noma'lumligicha qolmoqda, xuddi jabrlanganlar soni kabi – mushtlashuv ishtirokchilaridan birortasi na shifoxonaga, na politsiyaga murojaat etmagan.

Xabar berilishicha, kadr ortida tasvirchining ovozi va kulgisi eshitilgan: "Koreya Tojikistonga qarshi. Yiqit, yiqit uni, Vasya!"

Yozuv e'lon qilinganidan so‘ng, 4 aprel kuni kechqurun huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari qurilish maydonchasida ishlovchi 49 migrantni bo‘linmaga olib kelishdi, biroq ular o‘sha kuniyoq qo‘yib yuborilgan – barchasida Rossiyada ishlash uchun hujjatlar va patentlar tegishli tarzda rasmiylashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid