Jahon | 01:38 / 26.10.2018
13425
2 daqiqa o‘qiladi

Misr Rossiyadan yangi MiG-29 qiruvchilari va raketalar oldi

Misr harbiy-havo kuchlari Rossiyaning “havo-sirt” sinfidagi tovush tezligidan yuqori, o‘rta masofalarga mo‘ljallangan raketalari va MiG-29M/M2 ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotlarini oldi. Bu haqda Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy matbuot xizmati tomonidan e'lon qilingan suratlarga iqtibos keltirgan holda Janes nashri xabar qildi

Suratlardan birida Rossiya tomonidan yetkazib berilgan aviatsiya texnikasi bilan tanishish uchun aviabazaga kelgan prezident harbiylar bilan birga ikki kishilik MiG-29M/M2 samolyoti va ikkita X-31 raketasi oldida turgan holda tasvirlangan.

Ma'lum qilinishicha, Rossiya va Misr o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlik sohasida 2014 yilda imzolangan 3,5 mlrd dollarlik shartnomalar paketi bor. Kelishuvda Qohiraga Rossiyaning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari, artilleriya, o‘qotar qurol hamda aviatsiya yetkazib berish ko‘zda tutilgan. 

Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiya Misrga MiG-29M/M2’dan 46 dona yetkazib berishi kerak. Hozirda Misrga shartnoma bo‘yicha 6 ta samolyot yetkazib berilgan.

Mavzuga oid