Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Najmiddin To‘raxo‘jayev ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari, Yahyojon Abdulhaqov esa vazir o‘rinbosari - Tergov departamenti boshlig‘i lavozimida ish boshladi.
Prezident qarori bilan Najmiddin Sadirovich To‘raxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Najmiddin To‘raxo‘jayev bunga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Yahyojon Ortiqboyevich Abdulhaqov esa ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Tergov departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

2019-2020 yillarda Tergov departamenti boshlig‘i bo‘lgan Doniyor Toshxo‘jayev 2020 yil yanvarida Farg‘ona viloyati IIBga boshliq bo‘lib ketgach, bu lavozim bo‘sh qolayotgandi.
Abdulhaqov 2019 yil noyabridan buyon Andijon viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
- Bundan avvalroq, ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Xatamov lavozimidan ozod etilib, IIV Akademiyasi rahbari lavozimiga o‘tkazilgani xabar qilingandi.
- Yanvar oyi oxirida ichki ishlar vazirining turizm va transport obektlarida xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha o‘rinbosari Doniyor Qodirov lavozimidan ozod etilib, prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Rustam Inoyatovga o‘rinbosar etib tayinlangach, vazir o‘rinbosarligi lavozimi bo‘sh qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eskalatorlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament tasdiqlanadi
O‘zbekiston | 15:05
-
Ayrim holatlarda xavfli pirotexnikadan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:00
-
Ekologik xavflilik toifalari 3 toifaga qisqartirildi
O‘zbekiston | 14:47
-
AQShda yosh bolalar o‘rtasida nikotin bilan zaharlanish soni keskin oshdi
Jahon | 14:39
Mavzuga oid

19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

19:15 / 14.07.2025
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:40 / 14.07.2025
Prezident administratsiyasining 8 ta departamentiga yangi rahbar tayinlandi

18:34 / 14.07.2025