O‘zbekistonda sun'iy intellektni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi
O‘zbekistonda sun'iy intellektni bosqichma-bosqich rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish mo‘ljallanmoqda.
O‘zbekistonda ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2022 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasi e'lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, sun'iy intellektni bosqichma-bosqich rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Bunda mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish, xorijiy tajribalar asosida sun'iy intellektni bosqichma-bosqich rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, strategiya loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish va tasdiqlangan strategiyaning ijrosini ta'minlash nazarda tutiladi.
Mas'ul ijrochilar - Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov), vazirlik va idoralar.
Shuningdek, ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash kutilyapti. Bunda ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha normativ huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda normativ huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish mo‘ljallangan.
Mas'ul ijrochilar - Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), vazirlik va idoralar.
Mavzuga oid
23:20 / 03.10.2024
Bill Geyts sun’iy intellekt oldidagi uchta asosiy qo‘rquvini aytdi
20:28 / 03.10.2024
OpenAI 6,6 mlrd dollar investitsiya jalb etdi. Hozirda kompaniya 157 mlrd dollarga baholanmoqda
18:37 / 01.10.2024
Komil Allamjonov ustoz va murabbiylarni tabrikladi
12:44 / 28.09.2024