Chat GPT-4 sörovlarni qayta işlaş jarayonida serverlarni sovitiş uçun katta miqdorda energiya va suv sarflaydi. Misol uçun, 100 sözdan iborat elektron poçta xabarini yoziş uçun 519 millilitr suv kerak böladi. Bu haqda Washington Post tomonidan ötkazilgan tadqiqotda keltirib ötilgan.
Pew markazi ma’lumotlariga köra, işga tuşirilgandan beri amerikaliklarning çorak qismi Chat GPT’dan foydalanib keladi. Unga yuboriladigan har bir sörov maxsus resurslarni talab qiladi.
Çatbot serverlari sörovlarni qayta işlaş uçun katta miqdorda energiya sarflaydi va ularni ma’lumot markazlarida sovitiş atrof-muhitga jiddiy ta’sir qiladi.
WP Kaliforniya universiteti tadqiqotçilari bilan birgalikda örtaça 100 sözli elektron poçta xabarlarini yoziş uçun Chat GPT-4 öz serverlarini sovitiş uçun 519 millilitr suv işlatişini aniqladi, bu bir şişadan sal köproq. Agar har bir inson bir yil davomida har hafta şunday xat yuborsa, unga 27 litr suv kerak böladi. Chat GPT’ga har bir sörov minglab hisob-kitoblarni amalga oşiradigan server orqali ötadi va katta miqdorda issiqlik hosil qiladi.
«Suv tizimlari köpinça uskunani sovitiş va uning funksionalligini ta’minlaş uçun işlatiladi», deyiladi tadqiqotda.
Ekologlarning ta’kidlaşiça, eng yaxşi şaroitlarda ham ma’lumot markazlari özlari joylaşgan şaharlarida eng köp suv iste’molçilari qatoriga kiradi.
Qayd etilişiça, ayrim hollarda suv örniga yirik konditsioner tizimlardan foydalaniladi, ayniqsa, suv resurslari çeklangan yoki elektr energiyasi arzon bölgan hududlarda. Ammo elektr sovitiş tizimlariga ega ma’lumot markazlari ham taşviş uyğotadi, çunki bu elektr tarmoğini zöriqtiradi.
«SI köp energiya talab qilişi mumkin, şuning uçun biz doimiy ravişda samaradorlikni oşiriş ustida işlaymiz», degan Open AI vakili Kayla Vud.
Ma’lumot markazlari bulutli hisoblaş kabi boşqa faoliyatni qöllab-quvvatlaş uçun juda katta energiya talab qiladi va sun’iy intellekt bu yukni faqat oşirdi, deydi Kaliforniya universiteti dotsenti Şaolei Ren. Agar ma’lumot markazi issiq hududda joylaşgan bölsa va uni sovitiş uçun konditsioner işlatilsa, serverlarni salqin saqlaş uçun juda köp elektr energiyasi talab qilinadi. Agar suv bilan sovitilgan ma’lumot markazlari qurğoqçilikka moyil bölgan hududlarda joylaşgan bölsa, ular qimmatbaho tabiiy resurs taqçilligi xavfini paydo qiladi.








