Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OpenAI 6,6 mlrd dollar investitsiya jalb etdi. Hozirda kompaniya 157 mlrd dollarga baholanmoqda
Investitsiya raundida ishtirok etganlar nomi rasman e’lon qilinmadi. WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, OpenAI qariyb 1 milliard dollarni Microsoft kompaniyasidan olgan.
Foto: Getty Images
ChatGPT chat-botini yaratgan OpenAI kompaniyasi yangi investitsiya raundi doirasida 6,6 milliard dollar jalb qildi, deb xabar beradi The Wall Street Journal.
Investitsiya raundida ishtirok etganlar nomi rasman e’lon qilinmadi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, OpenAI qariyb 1 milliard dollarni Microsoft kompaniyasidan, 100 million dollarni esa Nvidia’dan olgan. Eng yirik investor esa Thrive Capital venchur firmasi bo‘lgan — u 1,25 milliard dollar investitsiya kiritgan.
WSJ’ning qayd etishicha, invesraundda ishtirok etganlar OpenAI ikki yil davomida foyda keltirishni boshlamasa, undan o‘z pullarini olib chiqib ketish huquqiga ega.
Hozirda kompaniyaning jalb etilgan investitsiyalar bilan birgalikdagi qiymati 157 milliard dollarga baholanmoqda. Bu yil boshidagi ko‘rsatkichdan salkam ikki barobarga ko‘p (o‘shanda kompaniya 86 milliard dollarga baholangan edi).
OpenAI sun’iy intellekt bozoridagi eng mashhur kompaniya hisoblanadi. ChatGPT’dan hozirda dunyo bo‘ylab 250 million kishi foydalanmoqda.
Avvalroq Apple korporatsiyasi ChatGPT’ni yaratgan OpenAI kompaniyasini moliyalashtirish bo‘yicha muzokaralardan chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi. Nashrning qayd etishicha, Apple boshqa yirik yuqori texnologiyali kompaniyaga moliyaviy sarmoya kiritish imkoniyatini muhokama qilgani bu — kamdan kam uchraydigan holat hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:08 / 12.03.2026
YouTube siyosatchilar va jurnalistlarni dipfeyklardan himoya qilishni boshlaydi
18:02 / 10.03.2026
Britaniyalik 10 ming nafar yozuvchi matnsiz kitob chiqardi
01:16 / 07.03.2026
OpenAI kompaniyasi GPT-5.4 modelini taqdim etdi
08:54 / 04.03.2026