Texnologiya | 00:03 / 01.10.2016
6038
2 daqiqa o‘qiladi

"Yaguar" yangi universali XF paydo bo‘lganini tasdiqladi

Jaguar kompaniyasi yangi avloddagi  XF universali paydo bo‘lganini mashinaning niqoblangan sinov prototipining suratlarini chop etib tasdiqladi. Shu bilan birga britaniyaliklar o‘z modellarining Sportbrake-modifikatsiyalarini ularga qiziqish kam bo‘lgani sabab chiqarmasliklari haqida gaplar yurgandi.

Jaguar XF Sportbrake modeli XF sedani negizida quriladi. Sedandan universalga yorug‘lik-diodli bosh optika o‘tadi, kuzovning orqa qismi esa F-Pace krossoveri uslubida bajariladi.

Mashina yukxonasining hajmi 600 litrni tashkil qiladi, orqa o‘rindiqlar taxlangan holda esa 1700 litrgacha yetadi.

Motorlar qatoriga Ingenium oilasiga mansub ikki litrli benzin va dizel motorlar hamda 3 litrli, 6 silindrli motor kiradi. Universalning S-modifikatsiyasi 3 litrli va 380 ot kuchiga ega kompressorli 6 silindrli motor oladi.

XF Sportbrake’ning SVR ekstremal versiyasi paydo bo‘lishi va Audi RS6’ga raqobat tashkil qilishi mumkin. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yangi model 2017 yilda Frankfurt motorshousida ilk bor namoyish qilinadi.