Jamiyat | 08:10 / 25.05.2016
33821
2 daqiqa o‘qiladi

Axborot berishdagi nayrang: Fransiyadagi telekanal «Rossiya-1»ni fosh qildi

Fransiyaning Canal+ kanalidagi Le Petit Journal nomli shouda «Rossiya-1» kanalining Fransiyadagi aksilevropa kayfiyatni ifodalash uchun tayyorlagan lavhalariga e'tibor qaratdi. Shou 20 may kuni efirga chiqqan, unda Dmitriy Kiselyovning 15 may kuni namoyish etilgan «Vesti nedeli» dasturidagi syujyetlar tahlil qilingan.

Shoudan bir parcha YouTube portaliga joylashtirilgan, unda Le Petit Journal boshlovchisi rossiyalik jurnalistlar o‘z maqsadlari uchun fransiyalik va belgiyaliklardan olingan intervyularini ruschaga o‘zlariga kerakli tarzda qasddan xato tarjima qilishganini ko‘rish mumkin. Canal+ ma'lumotiga ko‘ra, rossiyalik jurnalistlar turli mavzulardagi intervyularni bitta syujyetga umumlashtirishgan.

Fransiyalik jurnalistlar «Rossiya-1» uchun intervyu bergan kishilarni topishgan va ularga o‘z so‘zlari ruschada qanday "jaranglaganini" ko‘rsatishgan. Intervyu berganlarning barchasi o‘zlariga tuhmat qilinganini, aslida butunlay boshqacha gaplar aytilganini bildirishgan. Ulardan biri o‘zidagi asl intervyu yozuvini dastak qilib keltirgan va rossiyalik jurnalistlardan bunday qilmaslikni so‘ragan.