10:22 / 20.08.2018
18725

O‘zbekistonlik migrantlar bo‘lgan 10ta avtobus Omsk oblastidagi chegarada bir necha kun ushlab turildi

Omsk oblastidagi «Olxovka» bojxona postida ikki kun mobaynida O‘zbekiston va Tojikistondan bo‘lgan mehnat migrantlari o‘tirgan 10ta avtobus ikki kun davomida ushlab turildi.

Novosibirsk, Tomsk, Krasnoyarskdan yo‘lovchilar Qurbon Hayiti bayrami munosabati bilan o‘z uylariga ketayotgan bo‘lishgan, deya xabar beradi Total.kz portali. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, yo‘lovchilarning suv va oziq-ovqatlari tugab qolgan.

Foto: total.kz

16 avgustdan Omsk oblastining Cherlak tumanidagi «Olxovka» chegara postida ichida mehnat migrantlari bo‘lgan 10ta avtobus to‘planib qoldi. Ularni sababini tushuntirmasdan to‘xtatishgan va chegaradan o‘tishga ruxsat berishmagan. Avtobuslarda jami 500 kishi bo‘lgan, jumladan, 15 nafar bola, ularning eng kichigi 7 oylik edi. Odamlar ommaviy axborot vositalaridan yordam so‘rashga majbur bo‘ldilar.

Ayni paytga kelib vaziyat ijobiy hal etildi, avtobuslar Rossiyadan chiqib ketgan.

Foto: total.kz

«Bu juda qiyin bo‘ldi, ayniqsa, bolalar azob chekdi. Juda issiq, lekin bizda hattoki suv ham yo‘q edi. Har bir inson Qurbon Hayitini nishonlash uchun uyiga shoshilayotgandi, lekin yo‘lda shunday holat sodir bo‘ldi. Bu xuddi odamlarning ustidan kulish! Biz nima qilishni bilmadik, kimga murojaat qilishni ham tushunmadik, hech kim vaziyatni tushuntirgani ham, bizni eshitgani ham yo‘q. Jurnalistlar yordamga kelmaganida, yo‘lda yana qancha vaqt qolib ketardik», - deydi avtobuslardan birining haydovchisi Ablayxan Maqsud telefon orqali.

Mavzuga oid
Top