Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada migrantlarni emlash uy-joylar narxi oshishiga olib kelishi mumkinligi aytildi
Avvalroq xorijlik ishchilar Moskvada 1300 rubl evaziga koronavirusga qarshi emlanishlari mumkinligi xabar qilingandi.
Qurilish sohasidagi mehnat migrantlarini koronavirusga qarshi emlash xarajatlari sababli uy-joylar narxi ko‘tarilishi mumkin. Bu haqda «VektorStroyFinans» tashkiloti vakili Andrey Kolochinskiy ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, migrantlarni emlash xarajatlari qurilish kompaniyalari zimmasiga tushadi. U holda kompaniyalar millionlab rubl sarflashiga to‘g‘ri keladi va bu katta ehtimol bilan yangi qurilayotgan uylarning kvadrat metri narxiga ta'sir ko‘rsatadi.
Mutaxassis uy-joylar narxi o‘sishining oldini olish uchun migrantlarni bepul emlashni taklif qildi.
Avvalroq xorijlik ishchilar Moskvada 1300 rubl evaziga koronavirusga qarshi emlanishlari mumkinligi xabar qilingandi.
Xabarda aytilishicha, «ish beruvchi o‘z xodimlarini emlash uchun pul to‘laydi».
Mehnat migrantlari uchun Moskva hukumati bitta komponentli «Sputnik Light» vaksinasidan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
08:46
Rossiya Kiyevga raketa, Xarkivga dronlar bilan hujum qildi
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
11:20 / 15.07.2026
AQSh Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun yangi sanksiyalar paketini tayyorladi
09:40 / 15.07.2026