Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Omskda Z harfi bo‘lgan mashinalarga o‘t qo‘ygan fuqaro 15 yilga qamaldi
«FSB» ma’lumotlariga ko‘ra, sudlanuvchi Ukrainadagi urushni tugatish uchun «hokimiyatga bosim o‘tkazish» maqsadida o‘t qo‘ygan. U besh yilni qamoqda, o‘n yilni esa qattiq tartibli koloniyada o‘tkazadi.
Foto: Vlad Karkov/picture alliance
Omskda mahalliy fuqaro Z harfi bo‘lgan avtomobillarga o‘t qo‘yganlikda ayblanib, 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Tegishli hukm 1-Sharqiy okrug harbiy sudi tomonidan chiqarilgan, deb xabar berdi «FSB» mintaqaviy boshqarmasi vakili Irina Rusnak 27 dekabr, chorshanba kuni TASS agentligiga. «FSB» hujjatlarida sudlanuvchi Smolyaninov A.V. haqida so‘z yuritilgan.
Omskdagi NGS55 nashri xabar berishicha, 46 yoshli erkak terrorchilik harakatini sodir etishda aybdor deb topilgan. Hukmga ko‘ra, u dastlabki besh yilni qamoqda, so‘ng o‘n yilni qattiq tartibli koloniyada o‘tkazadi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u 2022 yil oktyabr oyidan boshlab Z yozuvi bo‘lgan bir nechta avtomobillarga o‘t qo‘ygan. U shu yilning dekabr oyida Omskning Oktyabrsk okrugida transformator budkasiga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan. «FSB» ma’lumotlariga ko‘ra, so‘roq paytida Smolyaninov o‘z harakatlaridan maqsad - «aholini qo‘rqitish va hukumatning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyani to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilishiga ta’sir o‘tkazishga urinish» bo‘lganini aytgan.
Mavzuga oid
14:15 / 29.11.2025
Rossiya olimlariga FSB roziligisiz xorijliklar bilan ishlash ta’qiqlandi
13:36 / 05.11.2025
Polsha OAV: “Ochiq Rossiya”ning sobiq koordinatori FSB uchun ishlagan
14:15 / 22.07.2025
Kiyevda «FSB agenti»ning qo‘lga olinishi: SBU va NABU turlicha baho berdi
15:24 / 09.07.2025