Jamiyat | 09:44 / 11.05.2016
3133
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada dunyodagi eng qadimiy bolta topildi

Avstraliya milliy universiteti arxeologlari G‘arbiy Avstraliya shimolidagi Kimberli okrugida dunyodagi eng qadimiy bolta qoldiqlarini topishdi. Tadqiqot natijalari Australian Archaeology jurnalida chop etildi.

Topilmaning yoshi 46-49 ming yil deb baholanmoqda. Taxminan ayni shu paytlarda sayyoraning eng kichik qit'asida ilk odamlar paydo bo‘lgan. Arxeologlarning so‘zlariga ko‘ra, olimlar bo‘laklarini aniqlagan qurol sayyoraning eng qadimiy boltasi hisoblanadi. 

Yangi izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, qurol bazaltdan (shishasimon vulqon tog‘ jinsi) yasalib qumtoshda sayqallangan. 

Birinchi marta bolta bo‘lagi 1990 yillarda Kimberli okrugining eng yirik g‘orlaridan biridan qazib olingan edi. Bolta daraxtlarga ishlov berish yoki nayza sifatida foydalanilgani ehtimol qilingan. 

Bundan avvalgi eng qadimiy bolta (taxminan 37 ming yoshli) Yaponiyada topilgan edi.