O‘zbekiston | 15:58 / 03.05.2015
2890
2 daqiqa o‘qiladi

Chirchiqda yangi madaniyat va istirohat bog‘i ochildi

517_20 Kun.uz: Chirchiqda Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi yangi madaniyat va istirohat bog‘i ochildi. Bu bog‘ joriy yilning 1 may kunida Chirchiq shahri bunyod etilganligiga 80 yil to‘lishi munosabati bilan barpo etildi. “Chirchiq” gazetasi ma'lumotlariga ko‘ra, yangi bog‘ buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkiri, tarixchi va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur haykali yonidagi eski xiyobon o‘rnida barpo etildi. “Rekonstruksiyalangan haykal bog‘ning haqiqiy bezagiga aylandi. Uning poyi va atrofidagi yo‘lkalarga tegishli ko‘rinish berildi – quruvchilar bog‘ni sayrga qulay va shinam bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishdi. Shuningdek, yashil ekinlarning gullab-yashnashini ta'minlovchi zamonaviy sug‘orish tizimi ham yo‘lga qo‘yildiki, bu o‘z navbatida bog‘ning yildan yilga chiroy ochib, soya-salqin bo‘lishini ta'minlaydi. Bundan tashqari endilikda bog‘ hududida qahvaxona, suv havzasi, sport maydonchalari, favvoralar bor. Shuningdek, bog‘da turli arg‘imchoq va attraksionlar o‘rnatildi”, – deb yozadi maqola muallifi. xab-2