Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Mahalla yettiligi” a’zolarini hokimlar tomonidan lavozimga tayinlash yo‘lga qo‘yiladi
“Mahalla yettiligi” a’zolarini yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish faqat fuqarolar yig‘ini raisining ruxsati bilan amalga oshirish yo‘lga qo‘yish, ularning vazifa va faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan vazifalarni yuklashni qat’iy taqiqlash ko‘zda tutilmoqda.
Foto: senat.uz
2026 yil 1 iyuldan hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim va soliq inspektorini ularning bo‘ysunuvidagi tashkilotlar taqdimnomasiga asosan tuman (shahar) hokimi tomonidan lavozimga tayinlash va fuqarolar yig‘ini raisi taqdimnomasiga asosan lavozimidan ozod etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Loyihaga ko‘ra, 500 ta mahallada eksperiment tariqasida “mahalla yettiligi” vakillarini ularning o‘zi istiqomat qilayotgan va yondosh mahalladan tayinlash amaliyoti joriy etiladi.
“Mahalla yettiligi” a’zolarini yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish faqat fuqarolar yig‘ini raisining ruxsati bilan amalga oshirish yo‘lga qo‘yish, ularning vazifa va faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan vazifalarni yuklashni qat’iy taqiqlash ko‘zda tutilmoqda.
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan mazkur talabni buzganligi uchun davlat organlari va tashkilotlari mas’ul va mansabdor shaxslarini egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha har oyda bosh vazirga takliflar kiritib boradi.