Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda kavrak yetishtirish klasterlari tashkil etiladi
Foto: Xalq so‘zi
“Respublikada kavrak yetishtirishni rivojlantirish va sanoatlashtirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga kavrak yetishtirishni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklatildi. Qo‘mita, jumladan, respublikaning tabiiy-iqlim sharoitlariga mos bo‘lgan madaniy kavrak plantatsiyalari tashkil etilishini monitoring qiladi.
Shuningdek, “Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmasiga qo‘shib olindi.
2022–2026 yillarda yaylov yer maydonlarida kavrak plantatsiyalarini barpo etishning prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Shunga ko‘ra, belgilangan yillarda jami 90 ming gektar (shundan, joriy yilda 6 ming gektar) maydonda kavrak plantatsiyalarini barpo etish nazarda tutilgan.
2022 yil 1 iyungacha Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida kavrakni qayta ishlovchi korxonalar, kavrak yig‘ish va yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi uy xo‘jaliklari (jismoniy shaxslar) va kavrak ko‘chatchiligi xo‘jaliklari kooperatsiyasiga asoslangan kavrak yetishtirish klasterlari tashkil etiladi.
2022 yil 1 maydan qo‘mitaning doimiy egaligidagi yer maydonlarida:
yovvoyi holda o‘suvchi kavrak o‘simligini g‘amlash (yig‘ish) uchun kvotalar qo‘mitaning buyurtmasiga ko‘ra, to‘lov evaziga Fanlar akademiyasining xulosasi asosida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi;
mazkur kvotalar doirasida yovvoyi holda o‘suvchi kavrakdan maxsus foydalanish hamda uni chetga olib chiqish uchun ruxsatnomalar qo‘mita tomonidan beriladi (ajratiladigan kvotaning kamida 50 foizi hajmida madaniy plantatsiyalarni barpo etish sharti bilan).
Qo‘mitaning doimiy egaligida bo‘lgan yer maydonlaridagi kavrakdan foydalanganlik uchun xorijiy fuqarolar va yuridik shaxslardan olinadigan to‘lov miqdori O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilmagan kavrak shirasining (yelim) 1 kilogrammi uchun 4 baravarga, Qizil kitobga kiritilgan kavrak shirasining 1 kilogrammi uchun esa 2 baravarga oshiriladi.
2022 yil 1 maydan uch yil davomida kavrak yetishtirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etadigan tadbirkorlardan olinadigan foyda solig‘i, mol-mulk, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 50 foiz miqdorida qo‘llaniladi.
2022 yil 1 maydan 5 yil muddatga kavrak o‘simligi urug‘larining respublikadan olib chiqilishiga ruxsatnomalar berilishi to‘xtatiladi.
Uyushma tizimidagi sub’yektlarda mavsumiy ishchilarning to‘liq bir mavsum ishlagan davri ularga pensiya tayinlash uchun bir yillik mehnat stajiga o‘tadigan mavsumiy ishlar ro‘yxatiga kiritiladi.
2022 yil 1 iyuldan 2025 yil 1 yanvargacha uyushma tizimidagi sub’yektlarda faoliyat olib borayotgan mavsumiy ishchilar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorda undiriladi.
Mavzuga oid
20:39 / 10.12.2025
Korrupsiyaga qarshi kurashish klasteri yo‘lga qo‘yiladi
21:00 / 03.09.2025
Sud qarori ham yordam bermadi: Urgutda klaster fermerlar oldidagi qarzini to‘lamayapti
21:56 / 19.07.2025
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
15:49 / 01.04.2025