Sport | 06:48 / 16.05.2015
1911
1 daqiqa o‘qiladi

Hafta jangi: Golovkin Monroni yenga oladimi?

Ushbu haftadagi eng e'tiborli jang qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin ishtirokida bo‘lib o‘tadi. O‘rta vaznda eng kuchli bokschilardan biriga aylanib borayotgan qozog‘istonlik Golovkin amerikalik Villi Monroga qarshi AQShning Inglvud shahrida ringga chiqadi.


Gennadiy bir yo‘la ikkita chempionlik kamarini saqlab qolish uchun jang qiladi. Faoliyatida 32ta jang o‘tkazgan Golovkin ularning barchasida raqibdan ustun kelgan, 29 marta nokaut bilan yutug‘ini nishonlagan.


Monro esa Golovkinga nisbatan kamroq tajribaga ega. U 19 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan. Jangda qozog‘istonlik bokschining imkoniyati ancha yuqori baholanmoqda.
16 may, shanba

AQSh, Inglvud, “Forum”

O‘rta vaznda WBC vaqtinchalik, WBA chempionlik kamari jangi

GeNNADIY GOLOVKIN [32-0-0, 29] – VILLI MONRO [19-1-0, 6]

Manba: olamsport.com