Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MAN auto-Uzbekistan yangi turdagi yuk avtomobili ishlab chiqarishni boshladi
MAN auto-Uzbekistan qo‘shma korxonasi 10 m3 hajmli (10 tonna) yukni orqaga gidravlik uzatma vositasida tushirish imkonini beruvchi MAN avtobetonaralashtirgichini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi, deb xabar qilmoqda «O‘zavtosanoat» matbuot xizmati.
Avtomobil mijozga tayyor beton aralashmasini uning xususiyatini saqlagan holda yetkazib, mahsulotni beton quyish joyiga yoki qurilmasiga tushirish imkonini beradi.
Transport vositasi zamonaviy Common Rail yonilg‘i purkash tizimiga ega kuchli, ammo tejamkor MAN D20 dvigateli bilan jihozlangan. Mashina 16-bosqichli mexanik uzatmalar qutisi yordamida harakatlanadi. Ressorli podveskalari ham kuchaytirilgan, barabanli ABS tormoz tizimi, qulay kabina va elektron nazorat tizimi bilan jihozlangan.