Jamiyat | 20:41 / 26.05.2015
7904
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada mamlakatning eng kichik kuchugi aniqlandi

Mops zotiga mansub Pip laqabli kuchuk Buyuk Britaniyadagi eng kichik kuchuk sifatida qayd qilindi. Bu haqda The telegraph nashrida yozilgan.
Pip ayni vaqtda 4 oylik bo‘lib, uning vazni 600 gramm, bo‘yi esa 10 santimetrni tashkil etadi.
Kuchukchaning egasi 54 yoshli Joann Estli hisoblanadi. 2014 yilda u mops zotiga mansub itni boqib olgan edi va bu it 4 oy oldin bekasiga 4ta kuchukbola tug‘ib bergan.
O‘sha kuchukbolalardan biri bo‘lgan Pip boshqalaridan farqli ravishda o‘smay qolgan. Ayni vaqtda u boshqa kuchukbolalardan ikki barobar kichik bo‘lib qolmoqda. Estli xonim uni kichik sumkasiga solib yuradi.
Qayd qilinishicha, Pipning yashab qolishi uchun unga doimiy ravishda maxsus ichimlik berib turish talab qilinadi.