Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Migratsiya agentligi Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi
Foto: Kun.uz
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi.
Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy harakatlar hamda ushbu davlatlar hududlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘liq turli xabarlar tarqalmoqda.
Shu munosabat bilan Rossiya hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli hududlarga ishlash maqsadida bormaslik, harbiy harakatlarda ishtirok etmaslik so‘raladi.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan.
Avvalroq Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar orasida internetdagi e’lonlar orqali katta pul evaziga mahsulotni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish bo‘yicha muammolar yuzaga kelayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:33
Zelenskiy va Uitkoff 15 dekabrda Germaniyada muzokaralarni davom ettiradi
08:40
Ukrainaning Belgorodga bergan zarbasidan keyin infratuzilmaga zarar yetdi
08:31
Uitkoff Berlindagi uchrashuvdan so‘ng: o‘t ochishni to‘xtatishga yaqinlashdik
20:30 / 14.12.2025