Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda ko‘chada mushtlashayotgan ayiqlar tasvirga olindi
AQShning Montvil Taunship shaharchasida (Nyu-Jyersi shtati) yashovchi Treysi Bendash ismli ayol ikkita ayiq ishtirokidagi mushtlashuvni videoga yozib oldi. Ayiqlar uylardan biri oldidagi axlat idishlarining ichidagi yeguliklarga egalik qilish uchun mushtlashishdi.
Videoda ikkita ayiq orqa oyoqlariga turib, ko‘chaning qoq o‘rtasida chiqindilar idishi yonida urishayotgani tasvirlangan. Yaxshiyamki, yaqin orada hech kim bo‘lmagan. Ayiqlar to‘qnashuvi “qon to‘kilishisiz” tugadi – ular idishlarda hech qanday yegulik yo‘qligini anglagach, urshishni to‘xtatishga qaror qilishdi.