Sport | 21:34 / 28.05.2015
3278
2 daqiqa o‘qiladi

Mishel Platini: “Men Blatterdan iste'foga chiqishini so‘radim, u endi kech bo‘lganini aytdi”

UYeFA prezidenti Mishel Platini FIFA prezidenti Yozef Blatter bilan uchrashgani haqida ma'lum qildi.

“Men FIFAni yaxshi ko‘raman, uning tarixiga qoyil qolaman. Biroq men to‘ydim. Bo‘layotgan voqealar barcha chegaralardan o‘tib ketdi.

Men Blatterga dangal: “Zepp, biz birga ishladik va yutdik, biroq bugun iste'foga chiqishingni so‘rayman”, deb aytdim.

U menga: “Mishel, biz bir-birimizni ko‘pdan bilamiz, biroq endi juda kech bo‘ldi, men keta olmayman – kongressga bir kun qoldi”, deb aytdi.

Men Zeppdan lavozimidan ketishini so‘radim, chunki u FIFAning nufuziga katta ziyon yetkazmoqda. Do‘stingga ketishi haqida aytish oson emas, biroq buni vaziyat taqozo qilmoqda. Men buni qayg‘u bilan aytaman. Haddan ko‘p janjallar bo‘lmoqda.

Men Zeppga bizni ko‘p tanqid qilishayotganini aytdim. U “Seni menchalik tanqid qilishmayapti, har holda”, deb aytdi”, demoqda Platini.

Platini UYeFAning aksariyat a'zolari FIFA prezidenti saylovida Blatterga ovoz bermasliklarini aytmoqda.