
Kun.uz ochiq manbalar asosida Vazirlar Mahkamasi a'zolari hamda ijro hokimiyatining mahalliy bo‘g‘ini rahbarlari hisoblangan viloyat hokimlarining yoshlarini tahlil qildi.
Bugungi kunga kelib, Vazirlar Mahkamasi tarkibi juda katta bo‘lib ketgani tufayli biz faqat hukumatning eng yuqori bo‘g‘ini rahbarlari yoshiga oid ma'lumotlarni to‘pladik. Quyidagi jadvalda bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, barcha 24 nafar vazir hamda 10ta qo‘mita rahbarlarining yosh tahlili berilgan.

Tahlillarga ko‘ra, hukumat a'zolari orasida o‘rta yoshli kadrlar soni ancha ko‘paygani sezilib turibdi. Lekin shu bilan birga ancha yoshi katta – 60-70 yosh va undan yuqori yoshdagi rahbarlar hali ham lavozim kursisida qolayotganini ko‘rish mumkin.
Xususan, O‘zbekiston tashqi siyosatida eng ko‘zga ko‘ringan diplomat, tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 74 yoshga to‘lgan. Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchisi (bir vaqtning o‘zida prezidentning Fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi) Tursunxon Xudoybergenov esa 70 yoshga to‘lgan.

Bundan tashqari, Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin (63 yosh), Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Abdurahmon Abduvaliyev (65 yosh), Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov (67 yosh) ham allaqachon 60 yoshdan oshgan. Bosh vazir Abdulla Aripov va ichki ishlar















