O‘zbekiston | 07:42 / 29.05.2015
2465
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiydagi qo‘shma korxonada yiliga 48 ming dona shprits ishlab chiqariladi

“Bagil medical new technology” 5 milligramm hajmdagi bir martalik shpritslar ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi va ularning turini kengaytirmoqda. Yiliga 48 ming dona shprits ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonada 36 nafar mutaxassis mehnat qilmoqda.

2016 yildan yangi tibbiyot vositalari ishlab chiqarishni kengaytirish hamda mahsulotlarning 50 foizini eksportga yo‘naltirish rejalashtirgan.

Yangi loyihalarni o‘zlashtirishga alohida e'tibor qaratilayotgan korxonada endilikda 1, 2, 10, 50 milligrammlik shprits hamda infuzion tibbiyot sistemalarini ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda.
Qo‘shma korxona 2016-2019 yillarda Janubiy Koreya va Italiya mamlakatlari sarmoyadorlari ishtirokida qiymati 2 million 683 ming dollarga teng bo‘lgan, mahalliy xomashyodan jahon standartlariga mos stirillangan tibbiyot vatasi tayyorlash ko‘zda tutilmoqda. Yiliga qariyb 1 ming 100 tonna sifatli mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yangi tarmoqda o‘ttizdan ziyod kishining bandligi ta'minlanadi. Yiliga 2 million 200 ming dollar qiymatidagi tayyor mahsulot eksportga yo‘naltiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish