Investitsiyalarsiz rivojlanib bölmaydi. Şunday ekan, çet elda tajribasini oşirib, pulini kötarib Vataniga qaytgan özbek tadbirkoriga ming bir tösiq qöyadigan mahalliy mansabdorlarni nima deb atasa böladi? Kun.uz'ning yangi multfilmi mamlakat ziyoniga xizmat qiladigan bu illat haqida xorazmlik tadbirkor misolida hikoya qiladi.

Bölajak özbek tadbirkori tuğildi (1981 yil). Maktabni tugatdi (1998 yil). Universitetini bitirdi (2004 yil, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti). Xalqaro magistraturada öqib, qişloq xöjaligi böyiça ilmiy unvon oldi. Keyin institutda dars berdi.

Keyin Turkiyada öqidi. Söng esa şu mamlakatda tadbirkorlik qildi – turk mahsulotlarini Yevropa va Osiyoga eksport qildi.

2015 yilda ona yurtiga qaytib, unga foyda keltirişni istadi. Xorazmning Bekobodida kunjut yetiştiriş uçun yer oldi. Kunjutni qayta işlab, çetga eksport qiliş loyixasini tuzdi va 2016 yili yangi zavodni işga tuşirdi.

Ammo faqat 2018 yilga kelibgina mahsulotini eksport qila boşladi. Nega? Çunki kundalik muammolardan taşqari, u maxalliy xokimiyat qöygan tösiqlar va tazyiqlar bilan ham kuraşişga majbur böldi. Iroq, Turkiya, Rossiyaga 800 ming dollarlik mahsulot sotganiga, 60 kişini iş bilan band qilganiga qaramasdan!

U mahsulot sifatini yaxşilaş uçun öz hisobidan tadqiqotlar qildi, olimlar bilan birga. Natijada ikkita yangi nav yaratildi.

Kunjut – ming yillar davomida yurtimizda yetiştirilgan, ammo uni yetiştiriş madaniyati salkam unutilgan ösimlik. Kunjut yetiştiriş köhna tarixini rekonstruksiya qilişning özigina foyda keltiradi – turistlarni jalb qiladi. Dunyo bozorida özbek kunjutiga bölgan talab haqida gapirmang ham.

Qahramonimiz kunjutdan beş xil mahsulot işlab çiqara boşladi, qöşimça qiymat hosil qildi. Ammo bu davrda uning... soçi oqardi...

Mahalliy hokimiyat idoralari unga oçiqçasiga reyderlik qildi. Masalan:

“Kunjutni almaşlab ekiş kerak, ya’ni bir yili kunjut eksangiz, ikkinçi yili boşqa narsa ekiş kerak. Örniga şoli yoki buğdoy ekamiz. Hokim kelib, “bu noqonuniy” deydi. Ammo paxta eksak, qonuniy bölib çiqadi. Biroq ularning firmalari bilan şartnoma qilsak, unda xamma işlar “qonuniy” bölib çiqdi. Yoki “tuman eksporti” uçun deb naqd pul bersak ham, hamma işlar “qonuniy” bölib çiqaveradi”.