Innovatsion rivojlanish vaziri: «Shu paytgacha ilmni innovatsiyaga aylantirish bilan shug‘ullanmadik»
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ilm-fandan ishlab chiqarishga kirish, fan yutuqlari va tarmoq faoliyatini integratsiya qilish masalasida o‘z munosabatini bildirdi.
Xalqaro press klubning Fanlar akademiyasi faoliyatiga aloqador masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasida savollarga javob bergan vazir ilmiy tadqiqot institutlarining achinarli holga kelib qolganini ta'kidlab, buning sababi ishga bo‘lgan munosabat bilan bog‘liq ekanligini aytdi.
«Munosabatni o‘zgartirmas ekanmiz, har qancha mablag‘ bersak ham, moddiy-texnik bazani yaxshilasak ham, bu narsa o‘zgarmaydi. Munosabat deganda, ilmni innovatsiyaga aylantirishga bo‘lgan munosabatga ko‘proq urg‘u bermoqchiman. Shu paytgacha ilmni innovatsiyaga aylantirish bilan shug‘ullanmadik. Ko‘proq kashfiyotlar, maqolalar bilan shug‘ullandik. Bugun shu munosabatni o‘zgartirmas ekanmiz, ilmiy natijalarni innovatsiyaga, ya'ni mablag‘ga aylantirishga o‘zimizni bag‘ishlamas ekanmiz, bunda o‘zgarish bo‘lmaydi», — deydi u .
Shundan keyin, u o‘tgan vaqt mobaynida qilingan ishlar haqida gapirib, ilmiy ishlanmalarni moliyalashtirish masalasiga ham to‘xtaldi.
«Ikkinchidan, biz ilmni mablag‘ga aylantirib, uning natijasini o‘zimiz ko‘rganimiz yo‘q. Ya'ni rag‘batni hali sezganimiz yo‘q edi. Biz Fanlar akademiyasi olimlari bilan Prezidentimizning o‘tgan yilgi PQ-3855 qarorlari asosida ilmni innovatsiyaga aylantirish, ya'ni tijoratlashtirishning qonuniy bazasini yaratdik. Unda har bir yaratilgan ishlanmani tijoratlashtirilgandan keyin ko‘rilgan foydaning 40 foizi olimning o‘ziga, 30 foizi uning jamoasiga beriladigan bo‘ldi. Bu juda katta imkoniyat. Shuningdek, ilgarilari institutlarda ilmiy ishlanmalar atrofida birorta korxona tuzish imkoni yo‘q edi. Hozirda bunga imkoniyat paydo bo‘ldi. Uchinchidan, qaror bilan belgilab berildiki, olim-tadbirkor-bank uchligi yaratildi. Shu yo‘l bilan innovatsiya kompaniyalari tuzish oldimizga qo‘yilgan. Hozirga kelib Fanlar akademiyasining qator institutlari bilan 62ta ishlanmalarni tijoratlashtirishni yo‘lga qo‘yyapmiz va bu bo‘yicha 19ta investitsion kompaniyalarni ishga tushirib yubordik. Bu, albatta, ishning boshlanishi, yil oxirigacha bu kabi innovatsion ishlanmalarni yuztaga yetkazish oldimizdagi vazifalardandir», — deydi Ibrohim Abdurahmonov.
Uning ta'kidicha, olimlar bu rag‘batni sezgandan so‘ng muhit o‘zgaradi.
Sessiya spikeri oldinda turgan muammolarga to‘xtalib, ilmiy tadqiqotlarni innovatsiyaga aylantiradigan qilib moliyalashtirish masalasini batafsil muhokama etdi.
«Bu judayam katta muammo. Sababi bugungi kungacha loyihalashtirish faqat oyliklarni qoplash bilangina chegaralanar edi. Loyihalar kichik-kichik berilgan. Bu birinchisi. Ikkinchisi, hech bir loyiha oxiriga yetmasdi: doim o‘rganish, doim tadqiq qilish va optimallashtirish bilan tugardi. Hozir bu narsalarga chegara qo‘yib, muntazam ravishda tematik grantlar e'lon qilinyaptiki, ham olimga kattaroq pul va bu mahsulot bersin.
Bu ishlarning natijasini qanchada ko‘rishimiz mumkin degan savolga: «Hozirda mavjud o‘n to‘qqizta kompaniya 12 mlrd.ga yaqin mablag‘dagi mahsulotlarni ishlab chiqarib, shundan 5 mlrd. ini sotishga erishildi». Bu juda kam. Lekin birinchi qadamlarimiz. Bu albatta, ko‘p bo‘lishi kerak. Mexanizm ishga tushdi, olimlar bilan ishlayapmiz. Eng muhimi olimlar va bank o‘rtasida ko‘prik yaratildi», — deb javob berdi vazir.
Mavzuga oid
11:15 / 21.11.2019
Abdurahmonov Dvorkovich bilan uchrashdi. O‘zbekistonlik startapchilar «Skolkovo» innovatsion markazida malaka oshiradi
18:18 / 16.09.2019
Innovatsion rivojlanish vaziri OTM va ITMlarning prorektorlari va direktor o‘rinbosarlari ishtirokida videoselektor o‘tkazdi
19:04 / 12.09.2019
Innovatsion rivojlanish vaziri «Belarus» yuqori texnologiyalar parki rahbarini qabul qildi
20:30 / 07.07.2019