20 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov Rossiyaning «Skolkovo» innovatsion markaziga taşrif buyurib, «Skolkovo» jamğarmasi raisi Arkadiy Dvorkoviç bilan uçraşdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma'lum qildi.

Uçraşuv «Skolkovo» innovatsion markazi bilan hamkorlik örnatiş, innovatsiya hamda axborot-kommunikatsiya sohalaridagi istiqbolli loyihalar muhokamasiga bağişlandi.

Tomonlar uçraşuv davomida, şuningdek, Özbekistondagi startap loyihalari «Skolkovo» innovatsion markazida ötkaziladigan demo-kunlarda iştirok etişini muhokama qildilar.

Özbekistonda startaplarni qöllab-quvvatlaşga, bu sohadagi tajribalar bilan örtoqlaşişga, «Skolkovo»dagi xalqaro gimnaziyasida yoşlarni öqitiş, özbek mutaxassislarining malakasini oşirişga kelişildi. 

Foto: Innovatsion rivojlaniş vazirligi axborot xizmati

Jamğarma raisi A. Dvorkoviç kelgusi yilning ikkinçi yarim yilligida startap turne ötkaziş rejalaştirilganini va bu turne doirasida «Skolkovo» innovatsion markazining yetakçi mutaxassislari Özbekistonga borib, startap ekotizimi vakillari uçun öquv kurslari taşkil etişlarini ma'lum qildi.

Keyingi aloqalarni mustahkamlaş va özaro manfaatli hamkorlik örnatiş maqsadida Innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov va «Skolkovo» jamğarmasi raisi Arkadiy Dvorkoviç hamkorlik töğrisida kelişuv imzoladilar.