13 sentabr kuni Oliy ta'lim muassasalarining ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça prorektorlari hamda Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilm-fan böyiça direktor örinbosarlari iştirokida videoselektor yiğilişi bölib ötdi. Yiğilişga Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov raislik qildi.
Yiğilişda Oliy ta'lim muassasalarida ilmiy işlanmalarni tijoratlaştiriş holati hamda muammolari haqida söz yuritildi.
OTM va ITMlarning ilmiy salohiyatini belgilaşda asosiy mezonlardan biri bu ilmiy işlanmalarni tijoratlaştiriş hisoblanadi. Ilmiy işlanmalarni tijoratlaştiriş bugungi kunda OTM va ITMlar uçun yangi yönaliş bölgani bois, tijoratlaştiriş işlari talabga javob bermasligi qayd etildi. Şu bilan bir qatorda, Respublikada ilmiy işlanmalarni tijoratlaştiriş faoliyatini yaxşi yölga qöygan OTMlar ham mavjud bölib, birgina Navoiy davlat konçilik institutida 2019 yil davomida 2 ta laboratoriya faoliyati natijasida 130 mln sömlik hamda hududdagi işlab çiqariş va sanoat korxonalarining muammolari yeçimiga qaratilgan umumiy summasi 1,3 mlrd sömni taşkil etadigan 10 ta xöjalik şartnomalari tuzilgan.
Yiğilişda 2019 yilda ötkazilayotgan anjumanlar tahlil qilinib, mavjud kamçiliklarni bartaraf etgan holda 2020 yili böladigan ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar röyxatini şakllantiriş masalalari ham muhokama qilindi.
Şuningdek, joriy yil 25 sentyabriga qadar prorektorlar va direktor örinbosarlarining 2019 yil 9 oyi davomida bajargan işlari böyiça OTM va ITMning ilmiy salohiyati, dissertatsiya himoya qilganlar soni, oliy öquv yurtidan keyingi ta'lim tizimida yillar kesimida qabul qilinganlar, bitiruvçilar, dissertatsiya himoya qilganlar soni, bajarilayotgan mahalliy va xalqaro ilmiy loyihalar, innovatsion jamğarmalarga şakllantirilgan mablağlar va ularning sarflanişini aks ettirgan hisobot taqdim etiş vazifasi qöyildi.
Innovatsion rivojlaniş vazirligi tomonidan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning dolzarb yönalişlari böyiça mavzuga oid grantlar beriş yuzasidan muntazam ravişda tanlovlar e'lon qilişni amalga oşirişning yangi mexanizmi joriy etildi. Vazirlik tomonidan joriy yilning 15 iyulidan 16 avgustgaça bölgan muddatga qadar taşabbuskor (öz xarajatlarini özi qoplaş asosida moliyalaştiriladigan ustuvor ilmiy-tadqiqot) loyihalar tanlovi e'lon qilindi. Uşbu tanlovga respublikada faoliyat olib borayotgan 112 ta OTMlarning atigi 32 tasi tomonidan 123 ta loyiha taqdim etilgan. Respublika miqyosida bu körsatkiçlarni qoniqarli deb hisoblab bölmasligini hamda OTMlarda faoliyat olib borayotgan professor va öqituvçilar faqatgina talabalarga ta'lim beriş bilan çeklanib qolmasligini inobatga olib, barça mas'ul prorektor va direktor örinbosarlaridan vazirlik tomonidan e'lon qilib boriladigan tanlovlarga jamoani faol qatnaşişini ta'minlaşlari söraldi.












