Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 00:35 / 03.06.2015
3170
1 daqiqa o‘qiladi
Samsung Galaxy S6 Plus smartfoni yaqin haftalar ichida taqdim etiladi
Samsung Galaxy S6 Edge Plus smartfoni yaqin bir necha hafta ichida taqdim etilishi mumkin. Bu haqda sammobile.com xabar bermoqda.
Dastlab 2015 yilning sentabr oyida IFA 2015 ko‘rgazmasida Galaxy Note 5 nomi bilan taqdim etishili kutilayotgan qurilma Galaxy S6 Plus nomi bilan muddatidan avvalroq taqdim etiladigan bo‘ldi.
Model 5,4 dyuymli ikki tomonga bukilgan Super AMOLED displeyga ega bo‘ladi. Shuningdek, unga 32 GB doimiy xotira, 6 yadroli Snapdragon 808, 16 Mpli asosiy hamda 5 Mpli old kamera o‘rnatiladi.