Jamiyat | 18:41 / 03.06.2015
9463
10 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ma'naviy ishlar samaradorligi muhokama qilindi

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi tomonidan 2015 yil 3 iyun kuni “Mamlakatimizda milliy g‘oya targ‘iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida” matbuot anjumani o‘tkazildi.Tadbirda Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi mutasaddilari, Markazning Toshkent shahri bo‘limi rahbarlari vaO‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Anjuman Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining ijroiya idorasi Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklari tomonidan mamlakatimizda milliy g‘oya targ‘iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelajakdagi vazifalarga bag‘ishlandi.
Mustaqillik yillarida milliy g‘oya targ‘iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini shakllantirish, takomillashtirish va samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan 7 ta qonunosti hujjati – Prezident farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi.
Ularda mustaqil O‘zbekistonimizda milliy g‘oya targ‘iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar muntazam bir tizimga aylanganligi, ma'naviy-ma'rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi ekanligi ta'kidlangan.Bu tizim mamlakat miqyosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligidagi Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi, joylarda esa mintaqa va hududlarning birinchi rahbarlari raisligidagi mintaqaviy-hududiy kengashlar orqali muvofiqlashtiriladi. Ayniqsa,2006 yil 25 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida” PQ-451-son Qaror bu – nihoyatda muhim hujjat. Chunki, Qarorda to‘g‘ri qayd etilganidek, Vatanimiz mustaqilligining ma'naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an'ana va urf-odatlarimizni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirish, ehtimol, hech qachon bugungidek dolzarb masalaga aylanmagandir. Ayni paytda Markaz tomonidan talay ishlar amalga oshirib kelinmoqda.


Birinchidan: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan turli - fan, ta'lim, madaniyat, san'at sohasi vakillariridan iborat 2800 nafar targ‘ibotchilar tanlab olindi va shakllantirildi.
Ikkinchidan: Markaz qoshida vazirlik, qo‘mita, korxona, tashkilot, idora va muassasalarda ma'naviy-ma'rifiy sohaga mas'ul xodimlar malakasini oshirishga ixtisoslashgan “Ma'naviyat targ‘ibotchisi” nota'lim muassasasi o‘quv markazi tashkil etildi. Ushbu o‘quv markazida o‘tgan 2014 yilda ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan 1821 nafar, 2015 yilning hozirgi kuniga qadar 800 nafarga yaqin tashkilot va korxonalarning ma'naviyat bo‘yicha mas'ullarining malakasi oshirildi.Bugungi kunga qadar tizimda faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish maqsadida Buxoro, Farg‘ona, Qashqadaryo, Toshkent, Navoiy va Andijon viloyatlarida Respublika o‘quv-seminarlari tashkil etildi.
Uchinchidan: Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, milliy qadriyatlarning tiklanishi, keng ko‘lamda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari mohiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan 65 ta targ‘ibot materiallari 10 mingta DVD diskda ko‘paytirilib, joylarga yetkazildi..Markaz tomonidan 25 nomdagi buklet va 25 nomdagi risolalar 2015 yilning 1 choragida chop etildi.


To‘rtinchidan: O‘tgan 2014 yilda 88656 ta tadbir o‘tkazilib, jami 10 mln. ortiq fuqarolar qamrab olindi “Vatan himoyachilari” kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha jami 10 ming 193 ta tadbir o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 fevraldagi “2015 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risidagi”gi PQ-2305-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 1200 ta tadbir o‘tkazilib, 1000 aholi qamrab olindi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumxalq bayrami - Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2015 yil 26 martdagi 4437-F-son farmoyishi ijrosini ta'minlash yuzasidan 350 kishidan iborat targ‘ibot guruhi shakllantirilib, 3 mingdan ortiq ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.Respublika vahududiy targ‘ibot guruhlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida 1 milliondan ortiq aholi ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustda qabul qilingan “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, 2007 yildan buyon Markaz tomonidan hamkor vazirlik, idora va tashkilotlar ishtirokida “Yilning eng faol ma'naviyat targ‘ibotchisi” Respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazib kelmoqda.Bu Respublika ko‘rik-tanlovi mamlakatimizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan tashabbuskor, fidoiy targ‘ibotchilarni qo‘llab-quvvatlash, munosib rag‘batlantirish, ularning boy tajribasini ommalashtirish, shu tariqa mamlakatimizda ma'naviyat targ‘iboti samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazish to‘g‘risida”gi yig‘ilishi bayoni (№13) 5-bandi “Barcha ta'lim muassasalarida O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlab adabiy-badiiy tadbirlar, davra suhbatlari, ijodiy kechalar o‘tkazilishini ta'minlash” bo‘yicha markaz va uning bo‘limlari tomonidan tadbir o‘tkazildi.
Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 27 yanvardagi yig‘ilishi bayoni (№9) qarorining 6-bandi ijrosi yuzasidan 9 fevral – Alisher Navoiy tavalludiga 574 yil to‘lishi munosabati bilan va Vazirlar Mahkamasining “Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 532 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlar to‘g‘risida”gi 2015 yil 2 fevraldagi 07-07/1-44-sonli yig‘ilishi bayonining 6- bandi 2-so‘zboshidagi topshiriq ijrosi yuzasidan joylarda turkum ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasida 2015 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi” 22-bandi “O‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish: “Mustaqil yurt farzandiman!” mavzusidagi rasmlar tanlovi (7-14 yoshlilar o‘rtasida)“Vatanimga tayanch bo‘laman!” mavzusidagi insholar tanlovi (15-18 yoshlilar o‘rtasida)” ning tuman va viloyat bosqichlari o‘tkazildi.
Toshkent viloyati Zangiota tumani Hasanboy qishloq fuqarolar yig‘ini boshchiligida shu hududda yashovchi faxriylarning Samarqand viloyatiga “Keksalarni e'zozlash yili” munosabati bilan “Shukronalik ziyorati” nomi ostida sayyohatga borishlari tashkillashtirildi (2015 yilning 2 may).


O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent Oliy harbiy texnika bilim yurtining 2015 yil 15 apreldagi 40/4-904 sonli xatiga javoban, Respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi va “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy merosning o‘rni” mavzuida ma'ruza qilindi (2015 yil, 28 aprel). O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Davlat maslahatchisi o‘rinbosarining 2015 yil 11 maydagi №02/2-652-sonli xati ijrosi yuzasidan Buxoro, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Namangan viloyatilarida Baynalmilal markazi tomonidan “Barkamol avlod shakllanishida milliy va ma'naviy qadriyatlarning o‘rni” mavzuidagi ilmiy-amaliy seminarda “Barkamol avlod – yuksak ma'naviyatli avlod demakdir” mavzuida ma'ruza bilan ishtirok etildi (2015 yil, may).
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 18 maydagi “Respublika “Kitob bayrami” tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi majlisi (02-08/1-66) qarorida belgilangan “Kitob –millatning bebaho ma'naviy va madaniy merosi” mavzuidagi ilmiy-amaliy konferensiyada “Milliy g‘oya va milliy mafkurani yoshlar ongiga singdirishda kitobning o‘rni” to‘g‘risida ma'ruza qilindi va joylarda kitob bayramlari o‘tkazildi (2015 yil 28-30 may).
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining 2015 yil 15 maydagi 50-sonli yig‘ilishi bayoni ijrosi ta'minlash maqsadida qator tashkilotlarning ma'naviy -ma'rifiy sohadagi amalga oshirgan ishlari holati o‘rganildi va muvofiqlashtirimoqda.