O‘zbekiston | 10:03 / 10.06.2024
3233
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh savdo vakili Ketrin Tay O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Tay O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi. 

Foto: Drew Angerer/Getty Images

AQSh savdo vakili Ketrin Tay 2024 yilning 11-12 iyun kunlari O‘zbekistonga, 2024 yilning 13-15 iyun kunlari esa Qozog‘istonga tashrif buyuradi.

11 iyun, seshanba kuni elchi Tay O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi. 

Elchi Tay O‘zbekiston prezidentining birinchi yordamchisi Saida Mirziyoyeva bilan ham uchrashishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, Tay O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov, bandlik va qashshoqlikni qisqartirish vaziri Behzod Musayev bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Elchi Tay Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston forumi a’zolari va mehnat kuzatuvchilari bilan ham uchrashadi. 

12 iyun, chorshanba kuni Tay Samarqand shahrida bo‘ladi. U Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov bilan uchrashadi. U madaniy yodgorliklar va yirik tarixiy obidalarga ham tashrif buyuradi.

13 iyun, payshanba kuni elchi Ketrin Tay Qozog‘istonning Ostona shahriga boradi. U O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston rasmiylari ishtirokida «AQSh-Markaziy Osiyo» savdo va sarmoyaviy hadli bitimi kengashi yig‘ilishiga raislik qiladi.

Mavzuga oid