Amerika Qöşma Ştatlariga işga yuborişni va’da qilgan şaxslar qölga olindi.
Holat Boş prokuratura huzuridagi departamentning Töraqörğon tumani bölimi va DXX xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.
Fuqaro J. D.ning işonçiga kirib, uni aylanma yöllar orqali AQŞga işga yuborişi evaziga 5 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Departamentning Samarqand şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda esa fuqarolar M. va R. ikki nafar qöşnisi M. va S.ning işonçiga kirib, ularni AQŞga işga yuborişi evaziga jami 18 000 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.








