Iqtisodiyot | 09:37 / 15.06.2015
2092
1 daqiqa o‘qiladi

Lenovo aksiyadori Gongkong birjasiga 1.96 mlrd dollar kiritmoqchi

Lenovo kompaniyasining eng yirik aksiyadori bo‘lgan Legend Holdings Corp. investitsion jamg‘armasi Gongkong fond birjasida dastlabki ochiq aksiya joylashtirishni (IPO) amalga oshirmoqchi. The Wall Street Journal gazetasining yozishicha, ushbu moliyaviy amaliyotga 1.96 mlrd dollar mablag‘ jalb qilinadi.
Undan ilgari Xitoyning Huatai Securities (HTSC) brokerlik kompaniyasi 4.5 mlrd dollarga va GF Securities investitsion jamharmasi 4.1 mlrd dollarga IPO joylashtirgan edi.
Legend Holdings Corp. Lenovo aksiyalarining 30.6 foiziga ega.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish